Yosh kitobxonlar va dasturchilar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
2026-06-12 09:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar oyligi doirasida Farg‘ona viloyati hokimi tashabbusi bilan hududlarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar davom ettirilmoqda.
Navbatdagi uchrashuv Farg‘ona tumani Tibbiyot texnikumida tashkil etilib, unda Marg‘ilon shahridagi “Yuksalish” o‘quv markazi asoschisi Abdulboriy Marg‘iloniy kitobxon yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi.
Shuningdek, tumanda joylashgan IT Park majmuasida yosh dasturchilar, ixtirochilar hamda startap loyihalari ustida faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan ham ochiq muloqot tashkil etildi.
Tuman hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida o'tgan tadbirda yoshlarning innovatsion g‘oyalari, biznes tashabbuslari va axborot texnologiyalari sohasidagi istiqbolli loyihalari bilan tanishildi.




