Tuman hokimi ishlab chiqarish loyihasi faoliyati bilan tanishdi
2026-06-11 11:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov "Xurshidi tobon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritayotgan "Log‘on nur saxovat" MChJda bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishdi.
Oʻrganish davomida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonada yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot sifati hamda ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, korxona faoliyatini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish istiqbollari yuzasidan mas’ullar hamda tadbirkor bilan fikr almashildi.




