Farg‘ona tumani hokimi bandlik va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi ishlar bilan tanishdi
2026-06-11 09:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov Farg‘ona tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida bo‘lib, muassasa faoliyati hamda xodimlar va fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish jarayonlari hamda daromadli mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan mikroloyihalarni amalga oshirish holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, hududda kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining daromad manbalarini kengaytirish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.




