“Shohimardon” MFY aholisiga suyultirilgan gaz yetkazib berildi
2026-06-11 08:05:00 / Yangiliklar

Aholini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti Farg‘ona tumani filiali tomonidan “Shohimardon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga navbatdagi suyultirilgan gaz mahsulotlari yetkazib berildi.
Mazkur tadbir aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash, fuqarolarning kundalik ehtiyojlarini qondirish hamda hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlarning uzviy davomi hisoblanadi.
Yetkazib berilgan suyultirilgan gaz belgilangan tartib va me’yorlar asosida iste’molchilarga tarqatilmoqda. Sohada xizmatlar sifatini oshirish, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda energiya resurslarini o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.






