Farg‘ona tumani hokimi adliya tizimi muassasalari faoliyati bilan tanishdi
2026-06-11 07:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov Farg‘ona tumani Adliya bo‘limida bo‘lib, tizim tarkibidagi Yuridik xizmat markazi, Davlat xizmatlari markazi hamda 1-son FHDYo bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida ushbu muassasalarda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, zamonaviy infratuzilma va aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini yanada takomillashtirish, murojaatlarni tezkor va sifatli ko‘rib chiqish hamda aholining huquqiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.









