Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
2026-06-05 14:05:00 / Ochiq muloqotlar










Farg‘ona tumani hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xamidaxon Abdug‘aniyeva hamda Farg‘ona tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i Sarvarbek Mahkamov tomonidan “Xo‘ja Ahmad Vale” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida mahalla xotin-qizlari va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari, muammolari hamda takliflari tinglandi. Muloqot jarayonida aholini qiynayotgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, har bir murojaat yuzasidan tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.
Qabulda, ayniqsa, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy yordam, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash hamda huquqiy masalalarga oid murojaatlarga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar belgilandi, ayrim masalalar esa joyida ijobiy yechim topdi.
Shuningdek, sayyor qabul doirasida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va faolligini yanada oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda turli muammoli holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari ham olib borildi.
