Deputatlik nazorati doirasida investitsiya loyihasi o‘rganildi
2026-06-05 10:35:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashining qarori ijrosi yuzasidan 2026-yilda Farg‘ona tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar monitoringi davom ettirilmoqda.
Shu maqsadda tuman Kengashi deputati Farruxbek Abdusalomov tomonidan “Konchilar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Mindon nurli chashmasi” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan tunuka mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida korxonada amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, ishlab chiqarish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar hamda loyiha ijrosi holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.




