Aholi murojaatlari asosida elektr infratuzilmasi yaxshilanmoqda
2026-06-05 09:35:00 / Yangiliklar

Fargʻona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov tashabbusi bilan aholi murojaatlarini oʻz vaqtida hal etish hamda elektr taʼminoti tizimi barqarorligini taʼminlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Fargʻona tumanining “Shohimardonobod”, “Beruniy”, “Kaptarxona” va “Damkoʻl” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarida istiqomat qiluvchi isteʼmolchilarning murojaatlari asosida mavjud elektr tarmoqlaridagi nosoz tayanchlarni yangilash ishlari boshlandi.
Mazkur maqsadda ushbu mahallalarga 33 dona temir-beton elektr tayanchi olib kelinib, ularni oʻrnatish va eskirgan tayanchlarni bosqichma-bosqich almashtirish ishlari yoʻlga qoʻyildi.



