Iqtidorli sportchi Shahnozaxon Hakimova holidan xabar olindi
2026-06-04 20:35:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Fargʻona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov, tuman prokurori Oybek Toshpulatov hamda Soliq inspeksiyasi boshligʻi Ixtiyorjon Sultonov tomonidan tumanning “Oqbilol” MFY, Istiqlol shukronasi ko‘chasida istiqomat qiluvchi iqtidorli sportchi Shahnozaxon Hakimova xonadoniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida sportchimiz Saudiya Arabistonining Al-Qasim provinsiyasida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan qit’a birinchiligida faxrli 1-o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritgani bilan samimiy tabriklandi.
Suhbat jarayonida Shahnozaxonning kelgusidagi sport faoliyati, mashg‘ulotlar uchun yaratiladigan sharoitlar hamda bildirgan takliflari muhokama qilindi. U tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.




