Yosh kitobxon munosib ragʻbatlantirildi
2026-06-04 20:05:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Fargʻona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov, tuman prokurori Oybek Toshpulatov hamda Soliq inspeksiyasi boshligʻi Ixtiyorjon Sultonov tomonidan “Oqbilol” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi, “Yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi gʻolibi hamda respublika bosqichi ishtirokchisi Hayotxon Gʻofurjonova xonadoniga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida yosh kitobxon erishgan yutuqlari bilan samimiy tabriklanib, uning bilim olishga boʻlgan intilishi, kitobxonlik madaniyatini targʻib etishdagi faolligi va tanlovdagi muvaffaqiyatlari alohida eʼtirof etildi.
Shuningdek, yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni kitob mutolaasiga keng jalb etish va erishayotgan yutuqlarini qoʻllab-quvvatlash davlat siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri ekani taʼkidlandi.
Tadbir yakunida Hayotxon Gʻofurjonova munosib ragʻbatlantirilib, kelgusidagi oʻqish va ijodiy faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.


