Fargʻona tumanida yosh tadbirkor faoliyati oʻrganildi
2026-06-04 19:35:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Fargʻona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov, tuman prokurori Oybek Toshpulatov va Soliq inspeksiyasi boshligʻi Ixtiyorjon Sultonovlar Fargʻona tumani “Novkent” mahalla fuqarolar yigʻini, Ibrat ko‘chasi 32-uyda yashovchi yosh tadbirkor Xusanboyev Muxammadyusuf tomonidan “Ko‘mak” loyihasi asosida tashkil etilgan o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdilar.
Tashrif davomida o‘quv markazida yaratilgan sharoitlar, yoshlar uchun tashkil etilgan o‘quv yo‘nalishlari hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tadbirkorning kelgusidagi rejalari va faoliyatini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, mazkur loyiha doirasida yosh tadbirkorga 130,0 million so‘m miqdorida foizsiz ssuda ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar hisobidan o‘quv markazi tashkil etilgan.
Tuman rahbarlari tomonidan yosh tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.


