Fargʻona tumanida viloyat prokurori ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi
2026-06-04 11:30:00 / Ochiq muloqotlar

Fargʻona viloyati prokurori Baxtiyor Ismoilov tomonidan viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida Fargʻona tumani Madaniyat boʻlimi binosida sayyor qabul tashkil etildi.
Fuqarolar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashgan qabul jarayonida elektr taʼminoti, sud-huquq masalalari, ishga joylashish, ijro hujjatlari ijrosi, moddiy yordam olish hamda imtiyozli kredit ajratish bilan bogʻliq murojaatlar koʻrib chiqildi. Murojaatlarning aksariyatiga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, amaliy yechimlar topildi.
Qabul davomida viloyat prokurori tomonidan jami 31 nafar fuqaroning murojaati qabul qilindi. Shundan 5 tasi sogʻliqni saqlash, 2 tasi ijtimoiy himoya, 2 tasi yer munosabatlari, 1 tasi uy-joy, 2 tasi sud qarorlari ijrosi, 10 tasi surishtiruv va tergov jarayonlari hamda 6 tasi boshqa masalalarga oid murojaatlardan iborat boʻldi.
Murojaatlarni koʻrib chiqish jarayonida 2 nafar fuqaroning masalasi joyida ijobiy hal etildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etilgan 29 ta murojaat esa nazoratga olinib, ularning ijrosini taʼminlash yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, sayyor qabul doirasida Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Ayubxon Raxmatullayev, Majburiy ijro byurosi Fargʻona viloyat boshqarmasi boshligʻi Otabek Salmanov, Fargʻona viloyat sudi raisi Akrom Utayev, Fargʻona viloyati maʼmuriy sudi raisi Sherzod Mirzahakimov hamda Fargʻona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov tomonidan ham fuqarolar uchun shaxsiy qabullar tashkil etildi.









