Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda
2026-06-03 12:05:00 / Majlislar

Farg‘ona tumanida aholini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Jumladan, Farg‘ona tumani Elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumandagi “Sanoat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tasdiqlangan dastur asosida yangi 10 kVli elektr uzatish kabel tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.
Hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari aholi va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, infratuzilma salohiyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan.


