Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
2026-06-02 21:10:00 / Majlislar

Fargʻona tumanida yashirin iqtisodiyotni oldini olish hamda karer faoliyati bilan shugʻullanuvchi sanoat korxonalarini raqamlashtirish masalalariga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda Fargʻona viloyat prokuraturasi huzuridagi departament rahbari Asadullo Ismoilov, Fargʻona tumani prokurori Oybek Toshpulatov, tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Shavkatjon Joʻrayev, masʼul tashkilot rahbarlari, shuningdek, sanoat korxonalari rahbarlari va ish yurituvchilari ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida iqtisodiyotning yashirin sektorini qisqartirish, faoliyat yuritayotgan korxonalarda zamonaviy raqamli tizimlarni joriy etish, ishlab chiqarish va hisob-kitob jarayonlarining shaffofligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, karyer faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalarda qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etish, soliq tushumlarini oshirish hamda sohaga oid hisobotlarni elektron shaklda yuritish yuzasidan tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.









