Investitsiya loyihalari doirasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-05-26 23:45:00 / Majlislar

Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Akbarjon Axrorov boshchiligida Xitoyning “ZHONGWU DACHUAN INDUSTRIAL” MChJ QK rahbarlari ishtirokida Farg‘ona tumani “Oqbilol” MFY hududida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihasi qurilish jarayonlari o‘rganildi.
Tashrif davomida Xitoyning Osiyodagi yetakchi sanoat korxonalaridan biri hisoblangan “China Everbright Environment (Group) Co., LTD.” tomonidan barpo etilayotgan chiqindilarni yoqish asosida elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish jarayonida mazkur hududda chiqindilarni yoqish natijasida hosil bo‘ladigan kukundan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar loyiha doirasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda hudud iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.
Shuningdek, istiqbolda investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.


