Xitoylik investorlar bilan istiqbolli loyiha muhokama qilindi
2026-05-26 23:20:00 / Majlislar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov Xitoyning “ZHONGWU DACHUAN INDUSTRIAL” MChJ QK rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tumanda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, investorlar tomonidan taqdim etilgan chiqindi kukunidan mahsulot ishlab chiqarish loyihasi bilan yaqindan tanishildi. Loyihaning iqtisodiy samaradorligi, ekologik ahamiyati hamda hudud sanoat salohiyatini oshirishdagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar istiqbolda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va investitsiya loyihalarini bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalarni belgilab oldilar.



