Mahalla yettiligi faoliyati va kelgusi rejalar muhokama qilindi
2026-05-24 16:30:00 / Majlislar

Fargʻona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov tomonidan “Damkoʻl” hamda “Guliston” mahalla fuqarolar yigʻini yettiligi bilan uchrashuv va suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida mahalla yettiligi tomonidan oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar, mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash, yoshlar bandligini taʼminlash, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda hududlarda obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish boʻyicha fikr almashildi. Uchrashuv yakunida mutasaddilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.


