Turkiyalik investorlar bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-05-24 16:10:00 / Yangiliklar

Fargʻona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov Turkiyalik investorlar Hasan Karakash hamda Ali Altunok bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Fargʻona tumanida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash va eksport qilish yoʻnalishlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tuman hududida malina, kashtan, parmachak hamda zaytun bogʻlarini tashkil etish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy qilish va eksportbop mahsulotlar yetishtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, yangi ish oʻrinlari yaratish hamda hududning eksport salohiyatini oshirish boʻyicha kelgusidagi rejalarni ham koʻrib chiqdi.



