Farg‘ona tumanida fuqarolar murojaatlari va oilaviy masalalar yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
2026-05-22 20:15:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona tumani Damko‘l mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar murojaatlari hamda oilaviy masalalar yuzasidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Mazkur qabul Farg‘ona tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i Sarvarbek Maxkamov hamda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xamidaxon Abdug‘aniyeva tomonidan tegishli soha vakillari va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, oilaviy masalalar, huquqiy muammolar hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar atroflicha o‘rganildi. Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.

