Farg‘ona tumanilik o‘quvchi “Hokim Olimpiadasi”da faxrli o‘rinni qo‘lga kiritdi
2026-05-22 20:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi Mahammadaliyev Og‘abek viloyat miqyosida o‘tkazilgan “Hokim Olimpiadasi” sport musobaqasida sportning taekwon-do WT turi bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur muvaffaqiyat o‘quvchining sportga bo‘lgan qiziqishi, muntazam mashg‘ulotlari hamda murabbiylarining fidokorona mehnati samarasi bo‘ldi. Yosh sportchining erishgan natijasi tengdoshlari uchun ham munosib o‘rnak bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.
Mahammadaliyev Og‘abekning kelgusida Respublika miqyosidagi musobaqalarda ham yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, Farg‘ona tumani sharafini munosib himoya qilishiga ishonch bildirilmoqda.



