Osiyo chempioni munosib taqdirlandi
2026-05-22 17:35:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, Toshkent shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Maxammadova Qumriniso Talabjon qizining xonadoniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida yosh sportchining erishgan yutug‘i alohida e’tirof etilib, Qumriniso munosib taqdirlandi. Shuningdek, xonadon kattalari bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning duolari olindi.
Uchrashuvda yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning iste’dod va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda yurtimiz bayrog‘ini xalqaro maydonlarda yuksaklarga ko‘tarayotgan sportchilarni rag‘batlantirish muhim ekani ta’kidlandi.









