“Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi
2026-05-22 15:30:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov, tuman prokurori o‘rinbosari, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Murodjon Qunduzov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari tomonidan Farg‘ona tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
Tashrif davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilarning zamonaviy bilim olishi, xorijiy tillarni o‘rganishi, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning kelgusidagi rejalari, tanlagan kasblari hamda oliy ta’limga kirish borasidagi maqsadlari bilan qiziqildi.
Uchrashuv davomida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur sharoitlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



