“Langar” MFY binosida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
2026-05-22 15:05:00 / Yangiliklar

Fargʻona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “Langar” mahalla fuqarolar yigʻini binosida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi.
Oʻrganish jarayonida qurilish ishlarining borishi, obyektning loyiha asosida amalga oshirilishi hamda qurilish sifati yuzasidan masʼullar bilan muhokamalar olib borildi.
Shuningdek, binoda aholiga qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilma elementlarini joriy etish hamda qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.
