Tumanda bezakli g‘isht ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishildi
2026-05-22 13:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov hamda tuman hokimi o‘rinbosari Akbarjon Axrorov tomonidan “Vaziyo” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritayotgan “VODIL YONG XIN” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan bezakli g‘isht ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishildi.
Tashrif davomida loyiha doirasida olib borilayotgan qurilish va ishlab chiqarish jarayonlari, korxonaning texnologik imkoniyatlari hamda mahsulot ishlab chiqarish quvvati o‘rganildi.
Shuningdek, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish, mahalliy xomashyodan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahsulotlarning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Korxona rahbariyati bilan o‘tkazilgan muloqot davomida loyihani belgilangan muddatlarda ishga tushirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.


