Don mahsulotlarini qayta ishlash va un ishlab chiqarish loyihasi o‘rganildi
2026-05-22 11:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov hamda tuman hokimi o‘rinbosari Akbarjon Axrorov tomonidan “Gulpiyon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritayotgan “LOG‘ON AGROSANOAT LYUKS” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan don mahsulotlarini qayta ishlash va un ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishildi.
O‘rganish davomida korxonada olib borilayotgan qurilish va ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik uskunalarning quvvati hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmlari yuzasidan ma’lumotlar olindi.
Shuningdek, loyiha doirasida aholi bandligini ta’minlash, sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ichki bozor ehtiyojini qoplash hamda eksport salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Korxona rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muloqot davomida ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.






