Farg‘ona tumani faollari Samarqand va Toshkentdagi tarixiy hamda turistik maskanlar faoliyatini o‘rgandi
2026-05-19 19:10:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanining turli soha vakillaridan iborat bir guruh faollari Samarqand va Toshkent shaharlaridagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlar hamda zamonaviy turistik majmualarga tashrif buyurib, turizm sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rgandilar.
Tashrif davomida tarixiy-madaniy meros obyektlarini saqlash, ulardan samarali foydalanish, zamonaviy infratuzilma yaratish hamda mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qulay sharoitlarni tashkil etish borasidagi amaliy tajribalar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, Farg‘ona tumanidagi tarixiy obidalar va ziyoratgohlarda ham zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, hududning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish hamda tumanga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini oshirish masalalari yuzasidan fikr va tajriba almashildi.
O‘rganishlar davomida Samarqand shahridagi Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Registon ansambli, Bibixonim jome masjidi, Hazrati Xizr masjidi, Islom Karimov maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, “Samarkand City” turistik zonasi hamda “Boqiy shahar” turistik majmuasi ziyorat qilindi. Shuningdek, Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi.









