Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!
2026-05-16 21:30:00 / Yangiliklar

“Mindonobod” mahallasida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda
Farg‘ona tumani “Mindonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.
Unda mahalla faollari, yoshlar hamda volontyorlar faol ishtirok etib, hududni obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shmoqda.
Hashar davomida qabristonlar, ko‘chalar, ichki yo‘llar hamda jamoat joylari tozalanib, mahalla hududi tartibga keltirilmoqda.




