Farg‘ona tumanida “Onalarga ehtirom” bayram tadbiri tashkil etildi
2026-05-15 16:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan 15-may — Xalqaro oila kunini keng nishonlash hamda joriy yilning may oyida “Oilamiz — kelajagimiz!” oyligini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida tumandagi “Chimyon” mahalla fuqarolar yig‘inida bayramoldi “Onalarga ehtirom” tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirga “Chimyon” MFY hududida istiqomat qiluvchi, uzoq yillar davomida ta’lim sohasida samarali faoliyat yuritgan faxriy pedagog onaxonlar — Irodaxon Ma’rupova, Nasibaxon Boltaboyeva, Marhamat Mirzaaxmedova, Dilorom Supiyeva hamda Nigoraxon To‘ychiyevalar taklif etildi.
Tadbir davomida bayramona musiqiy dasturlar namoyish etilib, ishtirok etayotgan onalarga farzandlari va mahalla ahli tomonidan alohida ehtirom ko‘rsatildi. Samimiy ruhda o‘tgan tadbirda oilaning muqaddasligi, onalarning jamiyatdagi o‘rni va fidokorona mehnati yana bir bor e’tirof etildi.






