“Avval” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi
2026-05-15 11:00:00 / Majlislar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PQ-5-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona tumani “Mozortagi” mahalla fuqarolar yig‘inida “Avval” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh shtabining tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni “Fargʻona” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi rahbari Sadafbek Husanboyev, Farg‘ona tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Shavkatjon Jo‘rayev, hokim oʻrinbosari Akbarjon Axrorov va Soliq inspeksiyasi boshligʻi Ixtiyorjon Sultonov olib bordi.
Tadbir davomida ishchi guruh a’zolariga turistik-rekreatsion zonani tashkil etish jarayonida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, ustuvor yo‘nalishlar hamda belgilangan topshiriqlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, hududda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, tashkiliy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



