Farg‘ona tumanida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
2026-05-15 09:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani prokuraturasi tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, byudjetga qo‘shimcha manbalarni aniqlash hamda tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rganish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Jumladan, tumanda yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruhlar faoliyati tanqidiy muhokama qilinib, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, byudjetga qo‘shimcha manbalarni aniqlash bo‘yicha belgilangan yo‘nalishlar doirasida jami 32 milliard so‘mlik qo‘shimcha manbalar yuzasidan hisobotlar qabul qilindi. Tumanning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, istiqboldagi ustuvor vazifalar aniq belgilab olindi.
Muhokamalar davomida yangi daromad manbalarini aniqlash, yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish, soliqqa oid tushumlarni oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Ayni paytda ushbu yo‘nalishdagi o‘rganish va tahlil ishlari davom ettirilmoqda.




