“Yoshlar kuni” doirasida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
2026-05-15 07:05:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Farg‘ona tumani “Qo‘rg‘ontepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 58-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va rahbar uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali rahbariyati ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida yoshlarning qiziqishlari, kelajakdagi rejalari, kasb tanlash hamda zamonaviy sohalarda o‘z o‘rnini topish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir davomida yoshlarni ilm olishga, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga, o‘z ustida muntazam ishlashga va yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga undovchi tavsiya va maslahatlar berildi.


