Xalqaro oila kuni “Dilkusho” mahallasida ko‘tarinki ruhda nishonlandi
2026-05-14 22:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani “Dilkusho” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy hamda madaniy tadbir tashkil etilib, ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Tadbir davomida oilaning jamiyatdagi o‘rni, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, farzand tarbiyasi hamda oila muqaddasligi haqida samimiy fikr va ezgu tilaklar bildirildi. Bayram dasturi kuy-qo‘shiqlar, dilbar taronalar va aholi uchun tayyorlangan madaniy chiqishlar bilan yanada fayzli tus oldi.
Mazkur tadbirda Farg‘ona tumani Madaniyat bo‘limi xodimlari Azamatjon Ortiqov hamda Abdujabor Zokirov faol ishtirok etib, tadbirning mazmunli va yuqori saviyada o‘tishiga munosib hissa qo‘shdilar.





