Farg‘ona tumanida iqtidorli yoshlar e’tirof etilmoqda
2026-05-14 21:00:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Farg‘ona tumani prokurori Oybek Toshpulatov hamda tuman hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov boshchiligida Farg‘ona tumani “Xurshidi tobon” mahalla fuqarolar yig‘ini, O‘zbek mahalla ko‘chasi 53-uyda yashovchi, muddatidan oldin oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan Shodiyona Maʼrufjonova bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshning oilaviy sharoiti bilan yaqindan tanishilib, uning ta’limdagi yutuqlari va erishgan natijalari munosib e’tirof etildi.
Suhbat jarayonida Shodiyona Maʼrufjonovaning kelgusidagi maqsad va rejalari haqida fikr almashilib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.





