Farg‘ona tumanida harbiy obyekt qurilishi o‘rganildi
2026-05-14 13:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Murodjon Qodirxonov, hokimning chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi Abduxoshim Xalimov hamda 9114-harbiy qism masʼul xodimlari bilan birgalikda 9229-harbiy qism 6-ChQV uchun qurilayotgan obyektda bo‘lib, amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishishdi.
O‘rganish davomida obyektda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, qurilish sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Shuningdek, qurilish jarayonlarini jadallashtirish, ish sifatini yanada oshirish va obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.


