Ipak qurti parvarishlayotgan xonadonlar holidan xabar olindi
2026-05-14 10:05:00 / Yangiliklar

Fargʻona tumani hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Xamidaxon Abdugʻaniyeva, “Mozortagi” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Dilobar Ismatova hamda xotin-qizlar faoli Quyoshoy Yuldashevalar tomonidan ipak qurti parvarishlanayotgan Soraxon Soliyeva va Xursanoy Soliyeva xonadonlari holidan xabar olindi.
Tashrif davomida ipak qurti parvarishi jarayonlari koʻzdan kechirilib, pilla oʻrash mavsumiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi. Shuningdek, ipak qurti pilla oʻrashi uchun zarur boʻlgan dastalar tayyorlatib qoʻyildi.
Masʼullar tomonidan xonadon egalari bilan suhbat oʻtkazilib, ipakchilikni rivojlantirish, sohaga oid tavsiya va koʻrsatmalar berildi.




