Yangi tayanchlar oʻrnatilmoqda
2026-05-13 16:00:00 / Yangiliklar

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda elektr ta’minoti sifatini yaxshilash, mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qilish hamda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, Farg‘ona tumanining “Barqaror hamjihatlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 0,4–10 kVli yangi elektr uzatish tarmoqlarini qurish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida hududga yangi temir-beton tayanchlar o‘rnatilib, elektr tarmoqlari bosqichma-bosqich yangilanmoqda.

