Farg‘ona tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
2026-05-13 13:00:00 / Ochiq muloqotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi boshlig‘ining 2026-yil 7-maydagi №01-06-38-sonli topshiriq xatiga asosan Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan turli masalalardagi murojaatlar tinglandi. Jumladan, tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar bilan tanishish, aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish hamda elektr uzatish tarmoqlaridagi simyog‘ochlarni yangilash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar yo‘llandi.
Murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilot va idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda ijrosini ta’minlash vazifalari yuklatildi. Shuningdek, barcha murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.



