Farg‘ona tumanida “Atrof-muhitni asrash — barchamizning burchimiz” shiori ostida plogging aksiyasi o‘tkazildi
2026-05-12 20:00:00 / Yangiliklar

Fargʻona viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi, Fargʻona viloyati Turizm boshqarmasi hamda Fargʻona turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi hamkorligida Fargʻona tumanida navbatdagi plogging ekologik aksiyasi tashkil etildi.
Mazkur aksiya eko-faol yoshlar hamda “Adliya klubi” aʼzolari ishtirokida Fargʻona tumanidagi “Avval” koʻngilochar eko-turistik maskani hududida “Atrof-muhitni asrash — barchamizning burchimiz” shiori ostida o‘tkazildi.
Aksiya davomida hududdan 100 kilogrammdan ortiq chiqindilar yig‘ishtirilib, saralangan holda tozalab olindi. Qayta ishlashga yaroqli chiqindilar alohida ajratilib, tadbirkorlarga topshirildi. Maishiy chiqindilar esa maxsus texnikalar yordamida olib chiqib ketildi.
Tadbir davomida yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, tabiatni asrash va atrof-muhit musaffoligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Eng quvonarlisi, bugungi kunda eko-faol yoshlar safi tobora kengayib, ko‘ngilli yoshlar va hamkor tashkilotlar tashabbuslari orqali tabiatni asrash yo‘lida munosib ishlar amalga oshirilmoqda.








