Fargʻona tumanida pilla hosilini yigʻib olish ishlari boshlandi
2026-05-11 13:05:00 / Yangiliklar

Fargʻona tumani “Qoʻrgʻontepa” mahalla fuqarolar yigʻini, Kurash koʻchasida istiqomat qiluvchi Xolisxon Rahimberdiyeva xonadonida joriy mavsumda 5 quti ipak qurti parvarish qilinib, tumanda birinchilardan boʻlib chilligi hosilni yigʻib olish ishlari boshlandi.
Ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan Xolisxon opa 38 yildan buyon ipak qurti parvarishi bilan shug‘ullanib kelmoqda. Ushbu mavsumda ham xonadondagi 8 nafar oila a’zosi birgalikda mehnat qilib, mo‘l hosil yetishtirishga erishdi.
Qurt boquvchi opa o‘tgan yili pillachilik ortidan topilgan daromad hisobiga Umra ziyoratini ado etganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.
Pilla yig‘imi jarayonida Fargʻona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari tomonidan xonadonga tashrif buyurilib, hosilning barakali bo‘lishi tilandi hamda xonadon egalariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, xonadonning tom qismini yopish uchun 70 dona shifer ajratilishi ma’lum qilindi. Xonadon egalari ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lib, samimiy minnatdorlik bildirdilar.
Ayni paytda tumanning Logʻon hududida ham pilla hosilini yigʻib olish ishlari bosqichma-bosqich boshlanmoqda.









