62-maktabda StartUP va sun’iy intellekt mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
2026-05-09 16:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabida StartUP loyihalariga qiziqishi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv Farg‘ona tumani hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Sirojiddin G‘aniyev hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarning innovatsion g‘oyalari, StartUP loyihalarini rivojlantirish imkoniyatlari, sun’iy intellekt texnologiyalarining bugungi kundagi o‘rni hamda yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga zamonaviy texnologiyalar asosida yangi loyihalarni amalga oshirish, kreativ fikrlashni rivojlantirish hamda kelajak kasblariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.






