Farg‘ona tumanida mahalla faoliyati o‘rganildi
2026-05-08 23:55:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanida rahbarlar boshchiligida mutasaddilar ishtirokida olib borilgan o‘rganishlar davomida “Yordon” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi ko‘zdan kechirildi.
Tashrif jarayonida mahalla “yettiligi” bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholi bilan ishlash tizimi hamda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.


