Farg‘ona tumanida qabristonlar holati o‘rganildi
2026-05-08 23:55:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov, tuman prokurori Oybek Toshpulatov hamda Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Murodjon Qunduzov boshchiligidagi mutasaddilar tomonidan tumandagi “Shohimardon” va “Yordon” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi qabristonlarning hozirgi holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hududdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, qabristonlarga keluvchi ziyoratchilar hamda mahalla aholisi uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aniqlangan muammolarni tezkor bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.




