Farg‘ona tumanida sanitariya-ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar olib borildi
2026-05-08 18:45:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani prokuraturasi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi, tuman hokimligi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, “Maxsus Garant Avto Servis” MCHJ hamda boshqa mas’ul korxona va tashkilotlar hamkorligida tumandagi “Yangi asr” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida keng ko‘lamli tozalash ishlari amalga oshirildi.
Mazkur tadbir ko‘p qavatli uylar atrofida sanitariya-ekologik holatni yaxshilash, aholi uchun qulay va toza muhit yaratish maqsadida tashkil etildi. Ishlar jarayonida hududda to‘planib qolgan qurilish va maishiy chiqindilar maxsus texnika vositalari yordamida yig‘ishtirilib, belgilangan chiqindi poligonlariga olib chiqildi.
Shuningdek, aholi o‘rtasida hudud tozaligini saqlash, qurilish chiqindilarini belgilangan joylarga tashlash hamda sanitariya qoidalariga rioya etish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Mas’ullar tomonidan bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish, hududlarda ekologik madaniyatni yuksaltirish va tozalikni ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.



