Turizm loyihasini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi
2026-05-08 07:00:00 / Yangiliklar

"Yoshlar kuni" tadbirlari doirasida Farg‘ona tumani “Yordon” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi yosh tadbirkorning turizm sohasini rivojlantirish, xususan hududda zamonaviy ziplayn o‘yingohlarini tashkil etish bo‘yicha bildirgan tashabbusi ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida mazkur loyiha hududning turistik salohiyatini oshirish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Tashabbusni amaliyotga tatbiq etish, belgilangan tartibda tegishli tashkilotlardan zarur ruxsatlarni olish hamda loyiha uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, zarur hollarda imtiyozli kredit mablag‘larini jalb etish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.



