Yosh sportchi Anisa Mahmudovaning yutuqlari e’tirof etildi
2026-05-08 05:30:00 / Yangiliklar

"Yoshlar kuni" tadbirlari doirasida mutasaddi rahbarlar “Shohimardon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, Shohimardon ko‘chasi 5-uyda istiqomat qiluvchi Mahmudova Anisa Murodjon qizi xonadoniga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida yosh sportchining yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishilib, uning sport sohasidagi yutuqlari alohida e’tirof etildi. Xususan, Anisa 6 yosh bo‘lishiga qaramasdan badiiy gimnastika sport turi bo‘yicha bir necha bor viloyat hamda O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. Shuningdek, Samarqand shahrida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada ham mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritgani qayd etildi.
Mutasaddi rahbarlar tomonidan yosh sportchi samimiy qutlanib, erishgan yutuqlari munosib rag‘batlantirildi. Shu bilan birga, uning tarbiyasiga hissa qo‘shayotgan oila a’zolariga minnatdorlik bildirildi hamda kelgusida yanada yuqori natijalarga erishishi tilab qolindi.


