Nogironligi mavjud yoshlar murojaatlari ijobiy hal etildi
2026-05-07 23:20:00 / Yangiliklar

"Yoshlar kuni" tadbirlari doirasida mutasaddi rahbarlar “Shohimardon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi nogironligi mavjud yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida yoshlarning yashash sharoitlari o‘rganilib, xonadonlarda yuzaga kelgan muammolarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, sel oqibatida yetkazilgan zararlarni bartaraf etish, zarur maishiy jihozlar bilan ta’minlash yuzasidan bildirilgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Mazkur murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, zarur yordam choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


