Farg‘ona tumanida xotin-qizlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi
2026-05-06 11:30:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona tumani Adliya bo‘limi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida Farg‘ona tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda Mindon mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Mazkur qabul davomida mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, oilaviy muammolarni barvaqt aniqlash, ularning oldini olish hamda mavjud muammolarni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga PF-33-son Farmon hamda PQ-1 va PQ-2-son qarorlar mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Ushbu hujjatlar orqali ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar belgilab berilgani alohida ta’kidlandi.
Sayyor qabul doirasida fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.



