Farg‘ona tumanida ijtimoiy himoya masalalari muhokama qilindi
2026-05-04 21:00:00 / Majlislar

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand qatlamlarni manzilli qamrab olish hamda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda PF–258-sonli Farmon ijrosi yuzasidan mas’ul tashkilotlar axboroti eshitildi. Ta’kidlanganidek, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan reestrga kiritilgan 4109 ta oiladan 44 tasi bo‘yicha quyosh panellari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Mazkur jarayonlar mahalla “yettiligi” xulosasi asosida qonunchilikka muvofiq yo‘lga qo‘yilgan.
Muhokamalar davomida ijtimoiy yordamning manzilliligini ta’minlash, ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish hamda ehtiyojmand oilalarni to‘liq qamrab olish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olindi.






