📢 E’LON #vacancy
2026-04-29 10:00:00 / E'lonlar

Farg‘ona tumanida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni egallashiga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida faoliyatini boshlagan (https://t.me/fargonatumanihokimligi/40523?single) “IT-shaharcha” startup garaji o‘z jamoasini kengaytiradi hamda yuqori malakali mutaxassis o‘qituvchilarni ishga taklif etadi.
📍 Mazkur zamonaviy axborot texnologiyalari markazi Farg‘ona tumani, “Bahor” MFY hududida joylashgan bo‘lib, ilg‘or ta’lim dasturlari asosida yosh avlodni IT sohasiga tayyorlashga xizmat qilmoqda.
🔎 Bo‘sh ish o‘rinlari (yo‘nalishlar):
• Robototexnika
• Sun’iy intellekt
• Mobil dasturlash
• Python dasturlash
• UX/UI dizayn
• Ingliz tili
• Matematika
📌 Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
• Tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish
• O‘quvchilar bilan samarali ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish
• Amaliy tajriba va pedagogik tayyorgarlik
• Mas’uliyat, intizom va professional yondashuv
📌 Asosiy vazifalar:
• Darslarni tasdiqlangan reja asosida tashkil etish va o‘tkazish
• O‘quv dasturlariga qat’iy rioya qilish
• O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish.
🤝 Ushbu tanlovda ishtirok etish orqali siz zamonaviy ta’lim muhitida faoliyat yuritish, yoshlarning kelajagini shakllantirish hamda raqamli rivojlanish jarayoniga munosib hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
📍 Manzil: Farg‘ona tumani, “Bahor” MFY
🌐 Xarita: https://maps.app.goo.gl/FGypSma4n1cPoRzC8
📞 Bog‘lanish uchun:
📱 +998 93-205-74-77
💬 Telegram: @KibertehnologiyaITmaktabi
