Farg‘ona tumanida “Yoshlar kuni” doirasida bitiruvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-04-24 15:05:00 / Ochiq muloqotlar

“Yoshlar kuni” munosabati bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tashabbusi bilan Farg‘ona imkoniyati cheklanganlar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikum bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Farg‘ona tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Umidjon Yuldashev tomonidan yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularning qiziqishlari, ta’lim olish jarayonlari hamda bandlikka yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, unda bitiruvchilarning qiziqishlari, kasb-hunar egallash, ish bilan ta’minlash hamda boshqa dolzarb masalalari tinglandi. Mutaxassislar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi hamda tegishli yo‘nalishlarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.



